Radioaktiv karotaj

Radioaktiv karotaj — burg’i quduqlarining geofizik tadqiq qilish metodlari majmui. Radioaktiv (ionlashtiruvchi) nurlanishni qayd qilishga asoslangan. Radioaktiv karotaj metodining 2 ta asosiy guruhi mavjud: ukarotaj va neytronli karotaj. O’z navbatida, ukarotaj metodlari tog’jinslarining tabiiy radioaktivligi (radioaktivli rudalarni izlash va razvedka qilish) bilan bog’liq bo’lgan unurlarning intensivligini (energetik spektrini ham) o’lchashga va u nurlari manbai bilan nurlangan jinsda vujudga keladigan ikkilamchi u nurlanishning intensivligini o’lchashga bo’linadi, u burg’i qudug’iga ikkilamchi ukvantlari detektori bilan birga tushiriladi. u— ukarotaj jins zichligini aniqlashda (xususan, ko’mir konlarida) va og’ir metallarning bir komponentli rudalarini sinashda qo’llaniladi. Rentgenoradiometrik karotaj murakkab mineral tarkibli og’ir metallar rudasini sinash uchun ishlatiladi. Gammaneytronli karotaj esa tarkibida berilliy elementi mavjudligini aniqlashda foydalaniladi.