Radiokompas
Radiokompas (radio… va kompas) — yerdagi radiostantsiyadan uzatilayotgan signallarni avtomatik pelenglovchi (yo’nalishini aniqlovchi) samolyot radiopelengatori; kuzatuvchi tizim va 2 ta (yo’naltirilgan — ramkali va yo’naltirilgan — shtirli) antennadan iborat qabul qiluvchi indikator qurilma. Radiokompasda ikkala antenna orqali olingan pelenglanuvchi (aniqlanuvchi) radiostantsiya signallari qo’shiladi va tayanch generatori chastotasidagi ramka signali kommutasiyalanadi, natijada priyomnikning kirish kuchlanishi amplituda bo’yicha modulyasiyalanadi. Kuzatish tizimi qabul qilgichi (priyomnigi) bilan tayanch generatorining chiqish kuchlanishlari taqqoslanib, kelayotgan signallar xatoligi aniqlanadi. Kuzatuvchi tizim ramka signali pelenglanuvchi radiostantsiya yo’nalishi bilan mos tushguncha ramkani avtomatik ravishda buradi. Ramkaning burilish burchagi distantsion elektr uzatkich yordamida radiostyaning kursi burchagini (samolyotning bo’ylama o’qi va radiostantsiya yo’nalishi orasida burchak) ni ko’rsatuvchi strelkali indikatorga beriladi. Radiokompas samolyotlarni aerodromga qo’ndirish yoki uchirishda ishlatiladi.