Radiologiya

Radiologiya (radio… va …logiya) — kasalliklarni aniqlash va davolash uchun ionlovchi nurlar qo’llanadigan soha, tibbiy fan. Nurlarning organizmga ta’siri, organizmni nurlanishdan himoya qilish masalalarini o’rganadi. Rentgen nurlari kashf etilishi (1895) munosabati bilan Radiologiya yuzaga keldi. Radiologiyaning mustaqil fan sifatida rivojlanishida fizika, kimyo, texnika va biologiya fanlari yutuqlarining roli katta bo’ldi. Tibbiy Radiologiya nur bilan davolash, rentgenodiagnostika, radioizotop diagnostika va boshqalardan tarkib topgan. Davolash va diagnostika vaqtida uchraydigan nurlanish asoratlarini aniqlash va ularni yo’qotish masalalari bilan ham shug’ullanadi. Tibbiy Radiologiyaning nazariy asosi radiobiologiyadchr. O’zbekistonda Onkologiya Rentgenologiya va radiologiya markazlari, 1 va 2 Toshti, shuningdek, Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti va boshqa tibbiyot institutlaridagi Radiologiya kafedralarida Radiologiyaning eng dolzarb muammolari bo’yicha ilmiy izlanishlar olib boriladi.