Radiozond

Radiozond (radio… va zond) — erkin atmosferada meteorologik elementlar (bosim, temperatura, namlik)ni o’lchaydigan va shu ondayoq o’lchash natijalarini radiosignallar orqali yerga uzatadigan Aerologik asbob. Erdagi qabul qiluvchi radiopriyomnik orqali olingan signallarga ishlov berilib, atmosferaning turli balandliklaridagi (30-40 kilometrgacha) meteorologik elementlar haqida ma’lumot olinadi. Radiozond vodorod bilan to’ldirilgan yupqa rezinali havo shari yordamida o’chiriladi. Rus meteorologi P.A. Molchanov ixtiro qilgan Radiozond 1930 yil 30 yanvarda dunyoda birinchi marta Pavlov aerologik rasadxonasidan (Sankt-Peterburg yaqinida), Toshkentda esa Radiozond birinchi marta 1935 yil 10 noyabrda osmonga chiqarilgan.