RAHMATOVA MARTIYA AHMEDOVNA

RAHMATOVA MARTIYA AHMEDOVNA (1955. 8.3, Buxoro tumani Arabxona qishlog’i) — ilg’or ishchi, O’zbekiston Qahramoni (1999). Mehnat faoliyatini 1973 yilda Buxoro yigiruv-to’quv fabrikasi (hozirgi «Buxoro-teks» aktsiyadorlik jamiyati) da oddiy ip yigiruvchilikdan boshlagan. 1994 yildan hozirgacha shu korxona 1-yigiruv tsexida yigiruvchi. Rahmatova mehnat faoliyati davomida ilgor texnologiyalarga tayangan holda 3-4 ta dastgohda ishlashni o’zlashtirdi, dastgohlarning uzluksiz ishlashini ta’minlab, ish normasini oshirib bajarishga erishdi, ishlab chiqariladigan kalava ipning yuqori sifatli bo’lishini ta’minladi. Ko’plab shogirdlar yetishtirdi. «Mehnat shuhrati» ordeni bilan mukofotlangan (1996).