Rahmonova Munavvar

Rahmonova Munavvar (1949.14.11, hozirgi Xo’jand shahri) — O’zbekiston Respublikasi xalq o’qituvchisi (1996). Saratov pedagogika institutini tugatgan (1972). 1972 yildan Qo’shko’pir tumanidagi 2, 1980 yildan 25-maktabda rus tili va adabiyoti o’qituvchisi. Ta’lim berishda xalq pedagogikasi tajribalaridan, noan’anaviy dars usullaridan foydalanadi.