Rajabiylar

Rajabiylar — 20-asr o’zbek san’atiga ulkan hissa qo’shgan san’atkorlar sulolasi. Sulola boshlig’i Yunus Rajabiy [1897.5(17).1—Toshkent — 1976.23.4] — bastakor, xonanda va sozanda (nay, dutor), o’zbek musiqa merosini to’plovchisi. O’zbekiston xalq artisti (1953), O’zbekiston Fanlar Akademiyasi akademik (1966). Madrasada, keyinchalik Turkiston xalq konservatoriyasida (1919— 23), Toshkent Oliy musiqa maktabining tayyorlov kursi (1934) hamda Moskvada tashkil etilgan bastakorlar kursi (1940-41)da ta’lim olgan. Dutor chalishni Mirza Qosimdan, keyinchalik o’zbek mumtoz musiqa merosini Sh. Shoumarov, Hoji Abdulaziz, To’ychi Hofiz, Domla Halimlardan o’rgangan. Samarqand pedagogika bilim yurtida musiqa o’qituvchisi (1923-25). Samarqand teatrining musiqa rahbari (1925-27), O’zbekiston radiokomiteti qoshidagi xalq cholg’u asboblari ansambli (keyinchalik xalq cholg’ulari orkestri) tashkilotchisi va badiiy rahbari (1927-42, 1945-59), Yangiyo’l teatri musiqa rahbari (1942-45), O’zbekiston teleradiosining «maqom» ansambli tashkilotchisi va badiiy rahbari (1959-76). Yoshligidanoq shirali va ta’sirchan ovozga ega bo’lgan iste’dodli xonanda va mohir sozanda sifatida tanilgan. Uning repertuaridan maqom parchalari, «Girya», «Ushshoq», «ko’cha bogi», «Eshvoy», «kurd», «Qalandariy», «Gulyor—Shahnoz», «Baet», «Dugohi Husayniy», «Chorgoh», «Miskin», «Nasrulloyi» kabi ashula va kuy turkumlari o’rin olgan. U bir qancha qadimgi o’zbek xalq kuy va ashulalarini qayta ishlab tiklagan: «Subhidam», «yolg’iz» «sayqal», «fig’on», «Oraz», «begi Sultan» va boshqalar. Ijrochilik faoliyatini bastakorlik bilan birgalikda olib borgan Yu. Rajabiylar o’zbek musiqali dramasining shakllanishiga muhim hissa qo’shgan. Dastlab «Farhod va Shirin» (Xurshid, 1922-25, Sh. Shoumarov bilan hamkorlikda), «Layli va Majnun» (Xurshid, 1926), «Rustam» (U. Ismoilov, 1933), «Avaz» (A. Hidoyatov, 1935), «Xolisxon» (Hamza, 1940) kabi spektakllarga xalq ashulalari asosida kuylar bastalagan. Keyinchalik B. Nadejdin bilan hamkorliqsa «qasos» (A. Umariy, Uyg’un, 1941), N. Mironov bilan «Qo’chqor Turdiev» (S. Abdulla, Chustiy, 1942), G. Mushel bilan «Muqanna» (H. Olimjon, 1943), O. Halimov bilan «Nodira» (S. Kosimov, Ya. Mamatxonov, 194243), B. Zeydman bilan «O’g’il uylantirish» (H. G’ulom, 1964), Sayfi Jalil bilan «Navoiy Astrobodda» (I. Maxsumov, 1968) singari musiqali dramalarni yaratgan. U «Zaynab va omon» operasi (1958; B. Zeydman, D. Zokirov va T. Sodiqovlar bilan) ning yozilishida ishtirok etgan. Yu. Rajabiylar, shuningdek, «fabrika yallasi», «Bizning Davron», «Mirzacho’lda tuy», «O’zbekiston», «Yangrasin Gulyor», «Dugonalarga», «Qadah», «Koshki», «gul sochar», «judo», «Ra’nolanmasun», «chapandoz», «Kuygay» kabi qo’shiq va ashulalar, «O’yin Bayoti», «O’yin Dugohi», «Paxta» singari raqs kuylari yaratgan. Yu. Rajabiylarning, ayniqsa, o’zbek musiqa merosini to’plashdagi xizmatlari katta. U 1935 yildan xalq, kuy va ashulalarini notaga yoza boshlagan. Natijada E. Romanovskaya va Il. Akbarov tuzgan «O’zbek xalq qo’shiqlari» (1939) to’plamidan Yu. Rajabiylar notaga olgan 29 ta xalq musiqa namunasi o’rin olgan. 1955-59 yillarda Yu. Rajabiylar 5 jildli «O’zbek xalq musiqasi» (I. A. Akbarov taxririda) to’plamini nashr ettirdi. Unga mingga yaqin turli janrdagi o’zbek (bir qancha tojik, uyg’ur) kuy va ashulalari, Buxoro Shashmaqomi, Farg’ona — Toshkent maqom yo’llari, katta ashulalar, 20-asr bastakorlari (Hamza, K. Jabborov, N. Hasanov, S. Kalonov, F. Sodiqov, T. Jalilov, M. Mirzayev va boshqalar)ning asarlari kiritilgan. «Makom» ansambli bilan ishlashi jarayonida Yu. Rajabiylar Shashmaqomning 6 jildli yangi nashrini (1966-74, F. Karomatov taxririda) hamda grammplastinka yozuvlar mukammal tuplamini (Toshkent grammyozuvlar studiyasida, 1970-yillar) tayyorladi. T. Sodiqov, D. Zokirov, D. Soatqulov, F. Sodiqov, N. Hasanov, K. Jabborov, S. Kalonov, K. Mo’minov, O. Imomxo’jayev, B. Dovidova, K. Ismoilova, O. Alimahsumov, T. Alimatov va boshqa san’atkorlar Yu. Rajabiylarning shogirdlaridir. Yu. Rajabiylar Hamza nomidagi O’zbekiston Davlat mukofoti laureati (1971), «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni (2000) bilan mukofotlangan. O’zbekiston teleradiokompaniyasi qoshidagi «maqom» ansambli, Jizzax musiqali drama va komediya teatri, Toshkent musiqa pedagogika bilim yurti, Toshkentdagi ko’chalardan biri, metro bekati Yunus Rajabiy nomi bilan yuritiladi. Uning hayoti va ijodiga bag’ishlangan «Yunus Rajabiy» («O’zkinoxronika» studiyasi, 1967; «O’zbektelefilm» studiyasi, 1990), «umr daftari» (O’zbekiston televideniesi, 2001) filmlari suratga olingan. Yunus Rajabiy 1957-76 yillar yashab ijod etgan uy (Toshkent, Yunus Rajabiy ko’chasi, 20)da 1997 yilda Rajabiy uymuzeyi ochilgan. 2001 yil Yunus Rajabiy madaniyat markazi tashkil etilgan. Rizqi Rajabiy (1887— Toshkent — 1977.20.7) — sozanda (tanbur), o’zbek musiqa ijrochilik san’atining yirik namoyandasi. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist (1940). Yunus Rajabiyning akasi. Toshkent musiqa texnikumini tugatgan (1923). Samarqand musiqa bilim yurtida o’qituvchi va viloyat musiqali teatrida sozanda (1924— 27). O’zbekiston radioqo’mitasi huzuridagi Xalq musiqa cholg’ulari ansamblida sozanda, kontsertmeyster (1927-42). Toshkent musiqa texnikumida (1930-39), Toshkent konservatoriyasida (1972-77) o’qituvchi. Ijro uslubi noxun zarblarini hamda musiqa bezak (nolish, sayqal) larini kuy xarakteri va mazmuniga moslab ishlatishi bilan ajralib turadi. Repertuaridan maqom yo’llari (tasnifi va Samoy Dugoh, Gulyorshahnoz, Garduni va Ufari Segoh va boshqalar) hamda mumtoz cholg’u kuylari (Miskin, Nasrulloyi, Tanavor, Munojot, Abdurahmonbegi, Girya, Suvora kabi) o’rin olgan. San’atshunoslik ilmiy tadqiqot institutida 200 dan ortiq, O’zbekiston radiosi va Toshkent grammyozuvlar studiyalarida Rajabiylar ijrosida 100 ga yaqin kuy yozib olingan. U bir necha ashula («soralar», «yashnasin», «yorug’lik», «ovoraman», «tantana», «Oftobim») va kuy («Chaqir», «olg’a», «uxlasin»)lar muallifi. Akbar Haydarov, Mahmud Yunusov, Orif Qosimov va boshqalar uning shogirdlaridir. Ahmad Yunusov (1923.10.5, Toshkent) — musiqa muharriri, rejissyor. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan madaniyat xodimi (1968), Yunus Rajabiyning o’g’li. O’rta Osiyo universiteti (1952), Toshkent teatr va rassomlik san’ati institutining 1 yillik rejissyorlik kursini (1953) tugatgan. Yangiyo’ldagi «Toshsovet» teatrida aktyor (1941-45). Toshkent to’qimachilar kombinati klubi (1947-94), Toshmi qoshida (1948-94), Mirzacho’l (hozirgi Guliston) shahar madaniyat uyida (1964-69) «Xalq teatri» unvoniga sazovor bo’lgan havaskor teatr jamoalarining tashkilotchisi va rahbari. Rejissyor sifatida saxnalashtirgan spektakllari: «Yurak sirlari» (B. Rahmonov), «makr va muhabbat» (F. Shiller), «Imon» (I. Sulton), «Sharqtongi» (N. Safarov), «Mehribonlar», «toshkesar» (Alp Jamol) va boshqalar. Ayni paytda O’zbekiston televideniyesining musiqa tahririyatida muharrir va bo’lim boshlig’i lavozimlarida ishlab (1957-94), «Marxabo, talantlar», «San’atkorlar hosil ustalariga» kabi turkum ko’rsatuvlar, shuningdek, Sh. Rahimova, M. Azizova, M. Mirzaev, Sayfi Jalil, S. Kalonov, S. Xo’jaev, M. G’ofurov kabi san’atkorlarning ijodiy portret va kontsertlarini tayyorlagan.