Raketa quroli

Raketa quroli — raketa yordamida shikastlash vositasi (bomba, snaryad) nishonga yetkaziladigan qurol. Otish joyi va nishonning o’rniga qarab, Raketa quroli quyidagi sinflarga bo’linadi: «yer — yer» (yerdan turib yerdagi nishonga otiladi), «yer — havo» (yerdan turib havodagi nishonga otiladi), «yer — kema», «havo — yer», «havo — havo», «havo — kema», «kema — kema», «kema — havo». Vazifasiga ko’ra, Raketa quroli strategik, operativ — taktik, taktik turlarga bo’linadi. Shikastlash vositasini nishonga yetkazish uzoqligi bo’yicha ancha yaqin (10 kilometrgacha), yaqin (10-100 kilometrgacha), o’rtacha yaqin (100-500 kilometr), ancha uzoq (qit’alararo, 5500 kilometrgacha) Raketa quroli farqlanadi. Raketa quroli 20-asr 50-70-yillarida keng rasm bo’ldi.