Rakurs

Rakurs (Fransuzcha raccourcir — qisqartirmoq) — tasviriy san’atda turli narsalarni perspektiv qisqartirib aks ettirish. Bezak rassomligida Rakurs fazoviy kenglik va harakatni o’ta samarali ko’rsatish uchun qo’llaniladi. Me’moriy inshootlar (Shift, gumbaz kabilar)ning rasmi chizilayotganda bino to’g’risida kishida to’g’ri tasavvur hosil qilish uchun Rakurs me’yoriga alohida e’tibor beriladi. Kino san’atida — bir joyda turgan yoki harakatdagi kinokamera orqali bir ob’yektning turli tomonlardan suratga olinishi. Voqeani, kishini har tomonlama ko’rsatish imkonini beradi.