Randalash stanogi
Randalash stanogi — 1) yassi va shakldor sirtlarni yo’nish uchun mo’ljallangan metall kesish qurilmasi. Ko’ndalang randalash va bo’ylama randalash xillariga bo’linadi. Ko’ndalang Randalash stanogida keskin polzun bilan birga ilgarilama-qaytma harakatlanadi, bo’ylama Randalash stanogida esa keskich emas, balki zagotovka (ishlov beriladigan xomaki detal) harakatlanib turadi; 2) yog’och sirtlarini tekislash va silliqlash, yog’och buyumlarda shakldor sirtlar hosil qilish uchun mo’ljallangan yog’och yo’nish qurilmasi. Bunda keskich aylanib turadi, yog’och zagotovka ilgarilama harakatlantiriladi.