Raps

Raps (Brassica napus var. napus) — karamdoshlar oilasining Brassica avlodiga mansub bir yillik moyli va yem- xashak ekini. Miloddan avvalgi 4-ming yillikda ham ekilgan. Yevropada 14-asrdan ekila boshlagan va hozir asosiy moyli ekin hisoblanadi. O’zbekistonda oraliq ekin sifatida ekiladi. Kuzgi (V. binnis) va bahorgi (V. appua) guruhi bor. Ildizi duksimon, poyasi sershoh, bo’yi 50-150 santimetr. Barglari g’uj, bandli, kam tukli. To’pguli 25-40 ta, guli shingil. Gullari mayda, sariq, ba’zida oq tusli. Mevasi uzun (5-10 santimetr), kambar (3-4 millimetr) qo’zoq. Doni sharsimon, rangi och qoramtir. 1000 dona urug’i vazni 3-7 gramm. Raps uzun kun o’simligidir. Urug’i 1-3° da unib chiqadi, 15-20° da yaxshi o’sib rivojlanadi. Kuzgi Rapsning vegetatsiya davri 270— 300 sutka, bahrrgisiniki 95—po sutka. Chetdan changlanadi. Raps urug’i tarkibida 32-50% moy, 23% oqsil mavjud. Moyi ovqatga, shuningdek, margarin, sovun ishlab chiqarishda, to’qimachilik va sanoatning boshqa tarmoqlarida ishlatiladi. Kunjarasi chorva uchun yaxshi ozuqa. Qatorlab yoki keng qatorlab, 2-4 santimetr chuqurlikka ekiladi. Sovuqqa chidamliligi past, qishda kuchli sovuqlar bo’lmaydigan mintaqalarda ekiladi. Rivojlanishining boshida namga talabchan. Chorva mollari uchun yaxshi ozuqabop ekin hisoblanadi. 150 ts/ga dan tortib 250 ts/gacha ko’k massa beradi. Asalshirali o’simlik. Rapsni oraliq ekin sifatida o’zini yoki turli ekinlarga aralashtirib ekish mumkin. O’zi ekilganda ekish normasi 12-15 kg/ga, javdar bilan aralash ekilganda 8-10 kg/ga. Doni bo’yicha hosiddorligi 15-25 ts/ga. Asosiy zararkunandalari: Raps arrakashi, Raps bargxo’ri, karam oq qurti, Raps gulxo’ri, yashirin xartumlilar. Kasalliklari: alternarioz, soxta kul kasalligi. Kurash choralari: yerni kuzda shudgor qilish, begona o’tlarni gerbitsidlar bilan yo’qotish, ekinlarga insektisidlar sepish. Halima Otaboyeva.