RASHIDOV G’ULOMQODIR RASHIDOVICH

RASHIDOV G’ULOMQODIR RASHIDOVICH (1926.6.7, Toshkent) — tarixchi olim, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1989), tarix fanlari doktori (1966), professor (1973). O’rta Osiyo universitetining tarix fakultetini tugatgan (1948). Shu universitetda katta o’qituvchi (1951-54), Oybek nomidagi O’zbekiston xalklari tarixi muzeyining direktori (1952— 60, 1986-92), O’zbekiston Fanlar Akademiyasi tarix va arxeologiya institutida katta ilmiy xodim (1960-67), O’zbekiston shaharlari tarixi sektorining mudiri (1967— 86), O’zbekiston Fanlar Akademiyasi O’zbekiston tarixi davlat muzeyi direktorining ilmiy ishlar bo’yicha o’rinbosari (1992-97). Rashidovning ilmiy ishlari O’zbekistonning 20-asr 1-yarmidagi tarixi, shaharlar tarixi, shu jumladan, Toshkentning zamonaviy tarixiga bag’ishlangan. As: qadimiy va navqiron shahar, T., 1995.