Rassel (Russell) Bertran
Rassel (Russell) Bertran (1872.18.5, Trellek, Uels — 1970.2.2, Penrin- daydrayt, Uels) — ingliz faylasufi, mantikchi, matematik, sosiolog, jamoat arbobi. Kembrij universiteti professor (1910— 16). Buyuk Britaniya va AQShda bir necha universitetlarning professori. 1908 yildan London Qirollik jamiyati a’zosi. Ingliz neorealizmi va neopozitivizmi asoschisi. Uning fikricha, falsafa o’z muammolarini tabiiyot ilmidan oladi, uning vazifasi — tabiiyot ilmi tamoyillari va tushunchalarini tahlil qilish va tushuntirishdan iborat. Matematikani mantiqan asoslab berish maqsadida mantiqning deduktivaksiomatik tuzilishini rivojlantirgan. «Matematika asoslari» (A. Uaytxed bilan birgalikda; 1—3-jildlar, 1910-13) asarini yozgan. Rassel o’zining sotsiologik qarashlari bilan psixologizmga yaqinlashgan. Uning fikricha, tarixiy jarayon va odamlarning xatti-harakati asosida instinkt, hissiyot yotadi. Rassel ob’yektiv tarixiy qonuniyatlarni aniqlash mumkin emas, deb hisoblagan. U yadro qurolini taqiqlash va tinch-totuv yashash siyosatining tarafdori bo’lgan. Paguosh harakati tashabbuskorlaridan biri. Adabiyot bo’yicha Nobel mukofoti laureati (1950).