Rasulov G’ani Tursunovich
Rasulov G’ani Tursunovich (1935.20.3 — Toshkent -1990.1.4) — stsenariychi, tarjimon. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi (1973). O’rta Osiyo universitetini tugatgan (1957). O’zbekiston televideniyesida muharrir (1957— 60), bosh muharrir (1969-70), «Uzbektelefilm» sutudiyasi badiiy rahbari (1970-78), Adabiy-dramatik eshittirishlar tahririyati bosh muharriri (1978-81), 1981 yildan «O’zbektelefilm» bosh muharriri va badiiy rahbari. «Kuyla, Sanobar», «Toshkent», «Notanish Buxoro» kabi hujjatli filmlar, «uzzu kun shamol» televizion badiiy filmiga stsenariy yozgan. 100 dan ortiq badiiy filmlarni o’zbek tiliga tarjima qilgan. Shuningdek, «Suvda qalqqan Lola», «oq laylaklar uchib keldi» hikoyalar to’plami muallifi. Hamza nomidagi O’zbekiston Davlat mukofoti laureati (1977).