Ratsiya

Ratsiya (ra(diostan)tsiya so’zining qisqartirilgani] — qisqa (100-10 metrli) to’lqinlarda ishlaydigan ixcham ko’chma radiostantsiya. Avtonom (mustaqil) tok manbai (batareyalar)dan ishlaydi. U bilan, asosan, operativ (tezkor) axborotlar qabul qilinadi va uzatiladi. Ratsiya harbiy ishda, davlat avtomobil nazorati va ichki ishlar tizimlarida, tez tibbiy yordam tizimida ishlatiladi.