RAVENSBRYUK

RAVENSBRYUK (Ravensbruck) — fashistlar Germaniyasidagi ayollar konslageri (1939-45), Fyurstenberg shahri yaqinida. 130 mingdan ziyod ayol va bir necha yuz bola mahbus bo’lgan; 93 ming kishi yo’q qilingan. 1945.30.4 da tirik qolgan mahbuslar Sovet armiyasi tomonidan ozod qilingan.