Ravon

Ravon — ilk o’rta asrlardagi toxariston shaharlaridan biri. Qunduz shahridan shimoli Sharqda, Hazrati Imom shahri va Toliqon qishlog’i oralig’ida joylashgan. 9-asrda Ravon jome masjidi bor kichik shahar bo’lgan. Ravon atrofi obod, ov qilish uchun qulay joy sanalgan. Ravon aholisi eski dinlarini 10-asrgacha saqlab kelganlar. Ibn al-faqihning yozishicha, arablar kelgunicha Navbahor ibodatxonasining bosh kohini Barmak Ravon rustoqiga egalik qilgan va Ravon aholisi uning qullari hisoblangan. Ravon rustoqining maydoni 8×4 farsaxni tashkil etgan. 18-asrda Toxariston rustoqlari orasida shahri ravon nomi qayd etib o’tilgan. Ad.: Kamaliddinov Sh. S, Istoricheskaya geografiya Yujnogo Sogda i Toxaristana po raboyazichnim istochnikam IX— nachala XIII vv., T., 1996.