RAVVIN

RAVVIN (qadimgi yahudiycha Rabbi — ustozim) — iudaizmda dindorlar jamoasining rahbari, din xizmatchisi. Ravvin diniy aqidalarni talqin qiladi, diniy marosimlarga oid masalalarni hal etadi, ba’zi marosimlarni bajarib beradi, sinagogada va’z-nasihat qiladi.