Realgar

Realgar (Arabcha — raxj alxar — gor changi, kon changi) — sulfidlar sinfiga mansub mineral. Kimyoviy formulasi AsS. Kristallari monoklin singoniyali, qisqa va uzun (5 santimetrgacha) prizmali, ignasimon. Tarkibida 70,1% As bor. Rangi olovsimonqizil, pushtisariq. Qattiqligi 1,5—2. Zichligi 3400— 3600 kg/m3. O’ta mo’rt. Smolasimon yaltiroq, yog’li. Quyosh nuri ta’sirida parchalanib auripigment (As2S3)ra aylanadi. Past haroratli gidrotermal konlarda auripigment va markazit, ba’zan kinovar va oltin bilan birga, issiq buloqlar yotqiziqlari va solfatarlarda, siderit konkretsiyalari, qumgilli yotqiziqlarda uchraydi. Realgar margimush rudalari tarkibiga kiradi. Lokbo’yoq sanoati, pirotexnika, shishasozlik va boshqalarda ishlatiladi. Konlari Zakavkaze, AQSh, Yaponiya, Gretsiya va boshqa joylarda bor.