Reduksiya
Reduksiya — organizm individual (ontogenez) va tarixiy taraqqiyoti (filogenez) dastlabki davrlarida mе’уогli rivojlangan a’zo, to’qima yoki hujayraning keyingi avlodlarda kichiklashishi, soddalashishi yoki butunlay yo’qolib ketishi. Masalan, tekinxo’r va sprofit o’simliklarda barglarning maydalanib yo’qolib ketishi, fotosintez jarayonini amalga oshiruvchi xlorofillning bo’lmasligi va hokazolar.