Reduktsiya
Reduktsiya (lotincha reductio — orqaga qaytarish, qaytish; qisqarish, kamayish) (biologiyada) — 1) ajdodlarda (filogenetik Reduktsiya) yoki individual rivojlanishning dastlabki davrlarida yaxshi rivojlangan organlar yoki strukturalarning to’liq rivojlanmasligi (ontogenetik Reduktsiya) yoki butunlay yo’qolib ketishi. Masalan, g’orlarda yashaydigan ba’zi hayvonlar ko’zining atrofiyata uchrashi, ba’zi suvo’tlar ildizining, ayrim o’simliklarda parazitlik qiluvchi shumg’iya barglarining yo’q bo’lib ketishi va boshqalar; 2) meyoz natijasida hujayralarda xromosomalar sonining kamayishi.