REFORMIZM

REFORMIZM — kapitalizm doirasida reforma (islohot)lar o’tkazish yordamida sotsializmga o’tish uchun asos yaratishga intiluvchi siyosiy oqim. XIX asrning so’nggi choragida vujudga kelgan (E.Bernshteyn, G.Folmar, A.Mileran va boshqa). Sotsialdemokratik partiyalar orasida tarqalgan. Oktabr to’ntarishi va birinchi jahon urushidan keyin siyosiy oqimga aylanib, demokratik sotsializm tamoyillarini e‘lon qilgan, kommunistik partiyalarga qarshi turgan.