Regata
Regata (italyancha regata — qator, saf) — eshkakli, elkanli yoki motorli qayiqlarda turkum poygalardan iborat sport musobaqalari. Turli klass kemalari uchun turkum poygalar tashkil qilinadi (masalan, Olimpiada yelkanli Regatasi — 7 ta poygadan iborat). Ba’zan suvmotorli sporti musobaqalari ham Regata deb ataladi. Har bir kemaga poygani to’g’ri tamomlaganligi uchun ochkolar beriladi. Poygada eng kam ochko to’plagan kema g’olib hisoblanadi. O’zbekiston yelkanli kema sporti federatsiyasi (1974 yil tashkil kilingan) respublika birinchiligini o’tkazadi, xalqaro musobaqalarni ham tashkil etadi. Sportchilarimiz Toshkent viloyatining Chorvoq suv ombori va Navoiy suv havzasida o’z mashg’ulotlarini o’tkazadilar.