Regional geografiya

Regional geografiya — geografiyaning alohida va muayyan hududlarni o’rganadigan sohasi. Birorta materik, mamlakat, ma’muriy birliklar yoki tabiiy geografik o’lka, tabiat zonasi, rayon uning tadqiqot ob’yekti bo’lishi mumkin. Regional geografiyaga oid asarlarda o’rganilayotgan hududning tabiiy sharoiti, xo’jaligi va aholisining mahalliy (shu joyga xos) xususiyatlarini ajratib ko’rsatishga alohida e’tibor beriladi.