Registon ansambli
Registon ansambli — Samarqandning Registon maydonida 3 madrasa {Ulug’bek madrasasi, tillakori madrasa, Sherdor madrasa) dan iborat me’moriy majmua. Dastlab Ulug’bek madrasasi (1417-20) bunyod etilib, keyinchalik qarshisiga — maydon sharqiga Ulug’bek xonaqohi (1424), shimolga Mirzoyi karvonsaroyi, Janubga Alika Ko’kaldosh Juma masjidi (1430) qurdirgan, yonida esa yog’ochdan xotamkori uslubida masjidi Muqatta va Abusaid madrasasi qurilgan. 15-asrning 20-40- yillarida Registon hashamatli me’moriy ansamblga aylangan. 17-asrda Samarqand hokimi Yalangto’sh Bahodir vayrona holatdagi Ulug’bek xonaqohi o’rniga Sherdor madrasa (1619-1635/36)ni, Mirzoyi karvonsaroyi o’rniga Tillakori madrasa-masjidi (1646/47— 1659/ 60) ni qurdirgan. Registon ansambli o’zining rang-barang koshinkori bezaklari; naqshinkori peshtoqlari, ulkan gumbazlari bilan O’rta Osiyo me’morligining noyob yodgorligi hisoblanadi.