REGRESSIV SOLIQ

REGRESSIV SOLIQ — soliqqa tortiladigan daromadning oshishi bilan soliq stavkasining pasayishi xarakterlidir. Bunday soliqlar toifasiga, xususan, egri (bilvosita) soliqlami kiritish mumkin. Regressiv soliqlarning yuki (og’irligi) boylarga nisbatan kambag’al qatlamlar uchun og’irroq deb sanaladi. Masalan, qo’shilgan qiymat solig’ini to’lash uchun kambag’allar boylarga nisbatan o’z daromadlarining ko’proq qismini (hissasini) sarflaydilar. Proporsional soliq ham regressiv bo’lishi mumkin.