REGRESSIV SOLIQQA TORTISH
REGRESSIV SOLIQQA TORTISH — soliq asosi (bazasi)ning o’sib borishi soliq stavkasining pasayishini taqozo etadi. Soliq undirish og’irligi daromadga teskari proporsionaldir: daromad qancha kam bo’lsa, soliq to’lovchi uchun soliqning og’irligi shuncha og’irdir. Hozirgi paytda qo’shilgan qiymat solig’ining joriy etilishi bilan egri (bilvosita) soliqlarning regressivligi kuchayib bormoqda.