Rekvizitlar

Rekvizitlar (huquqda) — muayyan hujjat (masalan, chek, veksel)ni haqiqiy deb topish uchun unda bo’lishi kerak bo’lgan ma’lumotlar. Masalan, hujjat nomi, hujjat tuzilgan sana; ishtirokchi tomonlarning nomlari, manzillari; bitim shartlari, javobgar shaxslarning imzolari va hokazolar). Buxgalteriya, pul hujjatlari, shuningdek, chet el sub’yektlari bilan tuziladigan hujjatlarda Rekvizitlarga alohida e’tibor beriladi.