Reliktiv nurlanish

Reliktiv nurlanish (lotincha relictum — qoldiq) — kosmik elektromagnit nurlanish. Reliktiv nurlanish intensivligi va spektri mutlaq qora jismning 2,7 K bilan nurlanishiga mos keladi. Reliktiv nurlanishning mavjudligi to’g’risida birinchi marta 1948 yilda amerikalik olim G.A. Gamov (1904-68), «qaynoq koinot» nazariyasida tilga olgan. Bu modelga ko’ra, koinot ilk davrda (galaktika va yulduzlar paydo bo’lguncha) o’ta zich va qaynoq (o’ta yuqori temperaturali) bo’lgan. Bu temperatura vodoroddan geliyni sintezlovchi yadro reaktsiyalarining bo’lishi uchun yetarli bo’lgan. Sintez tufayli fazo o’ta zich elektromagnit nurlanish bilan to’yingan bo’lib, kuchsiz qoldiqlari Reliktiv nurlanish ko’rinishida kuzatiladi. Reliktiv nurlanishni 1965 yilda R. V. Vilson va A. Penzias 7,35 santimetr to’lqin uzunligida kashf etganlar. Keyinchalik Koinot kengayish natijasida soviy boshlagan. «Boshlang’ich» vaqtdan bir necha yuz ming yil keyin atrof muhitning temperaturasi 3000—4000K gacha pasaygan, zichlik esa r=10~20 g/sm3 bo’lgan. Shu paytdan boshlab kimyoviy elementlar paydo bo’la boshlagan. Kengayish hozirgi kungacha davom etmoqda, deb hisoblansa, Koinot ham o’zidagi modda kabi sovimokda, degan xulosa chiqadi. Hozirgi zamonga f=1010 yil bo’lgan; koinotning hozirgi zichligi r=10~2′ g/sm3 deb olinsa, Koinot temperaturasi 2,7 K bo’lgan Reliktiv nurlanish sochib turishi kerak. Darhaqiqat, 1965 yilda Bell telefon kompaniyasi (Angliya)ning radioantennasi 2,7 K trail Reliktiv nurlanishni, ya’ni 7,35 santimetr to’lqin uzunlikdagi radio nurlanishni qayd etdi.