Rels

Rels (lotincha regula — to’g’ri tayoq) — sus shaklli po’lat material. Temir yo’l, smmvay, metro poyezdlari, korxonalardagi temir yo’l aravachalari, kranlar, kon va gonetkalari va boshqalar izlariga yotqiziladi. Rels tuzilishi, asosan, kallak, bo’yin va tovondan iborat. Ba’zi Relslar, masalan, tramvay Relslari novli qilib yasaladi. Rels mustahkam po’latdan relsbalka stanida prokatlab tayyorlanadi. Relsning mustahkamligini oshirish uchun unga termik ishlov beriladi. Odatda Relslar ikki qator, ba’zan bir qator (monorels) qilib shpallar ustiga yotqiziladi. Relslar chokli yoki choksiz qilib (payvandlab) biriktiriladi.