Relyativistik mexanika
Relyativistik mexanika — fizika bo’limi; tezliklari yorug’likning vakuumdagi tezligiga yaqin bo’lgan jismlar harakatini o’rganadi. Relyativistik mexanika yoki «katta tezliklar mexanikasi» 1905 yilda A. Eynshteyn yaratgan nisbiylikning maxsus nazariyasida fazo va vaqt tushunchalarini qayta ko’rib chiqilishi natijasida vujudga kelgan. Relyativistik mexanikada berilgan jism massasi uning harakat holatiga bog’liq.