Relyef

Relyef – yer yuzi, okean va dengiz tubidagi tashqi ko’rinish, o’lchamlari, kelib chiqishi, yoshi va rivojlanish tarixiga ko’ra turli-tuman notekisliklar, tog’-tekislik, adir, yassitog’, tepalik, qir, vodiy, botiq, soylik, jarlar va boshqa past-balandliklar majmui. Masalan: qirg’oq relyefi, to’lqinsimon relyef, joy relyefi, tabiiy relyef, tekislik relyefi, past-baland relyef va hokazolar.