Remarka

Remarka (Fransuzcha remargue — belgi, izoh) — 1) gravyuraning ochiq hoshiyasiga ishlangan kichik hajmdagi tasvir; ko’p hollarda asar syujeti bilan bog’liq bo’lmaydi. Muallif gravyura taxtachasi yuzasida ish boshlashdan avval «asbobni sinash» maqsadida yuza chekkasida ishlagan tasvirlar ba’zan mustaqil mazmun kashf etishi va tasvirning asosiy g’oyasini chuqurroq his etish va anglashga xizmat qilishi mumkin; 2) dramatik asarda muallif tomonidan beriladigan izohlar. Remarkada asar ishtirokchilarining tashqi qiyofasi, yoshi, xulqi, xattiharakati, qiliqlari, intonasiyasi, sahna manzarasi va hokazolar yoritiladi; 3) kitob, qo’lyozma, xat va boshqalar matnga muallif tomonidan (aniqlash, to’ldirish maqsadida) kiritilgan izohlar, mulohazalar.