Rempel Lazar Izrailevich
Rempel Lazar Izrailevich (1907.7.11, Kishinyov — 1992, Moskva) — san’atshunos. San’atshunoslik Doktori (1963), professor (1966). O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1966). Moskva san’at universitetini tugatgan (1931). 1937 yildan Buxoro, Samarqand, Jambul muzeylarida, bir qancha arxeologik ekspeditsiyalarda qatnashib, O’rta Osiyo xalqlari san’ati tarixini o’rgangan. San’atshunoslik ilmiy tadqiqot instituti me’morlik, tasviriy va amaliy san’at bo’limining mudiri (1954-84). Asosan, O’zbekiston va O’rta Osiyo san’ati, me’morligi tarixini o’rganishga bag’ishlangan asarlarida O’zbekiston me’morligi bezagi, tuzilishi tarixi va nazariyasi masalalarini yoritgan. Hamza nomidagi O’zbekiston Davlat mukofoti laureati (1966). As: Pandjara. Arxitekturnie reshyotki i ix postroenie, T., 1957; Vidayutshiesya pamyatniki arxitekturi Uzbekistana, T., 1958 v soavtorstve); Vidayutshiesya pamyatniki izobrazitelnogo iskusstva Uzbekistana, T., 1960 (v soavtorstve); Arxitekturniy ornament Uzbekistana, T., 1961; reznoy shtukafrasiaba, T., 1971 (v soavtorstve); Dalekoe i blizkoe, T., 1981.