Renta

Renta (nemischa rente, lotincha reddita — qaytarib berilgan) — 1) keng ma’noda — mulk egalarining tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanmasdan yer, mol-mulk, kapitaldan muntazam oladigan daromadi; ssudaga berilgan kapitaldan foiz, yer egalarining ijaraga berilgan yer uchastkasidan, uy-joy egalarining ijaraga berilgan binolardan muntazam oladigan daromadi. Tor ma’noda Renta — qat’iy daromadli pul kapitali va qimmatli qog’ozlar egalari foiz shaklida oladigan daromad. Aksariyat hollarda Renta tushunchasi yerni ijaraga berish natijasida olinadigan daromadga nisbatan qo’llaniladi; 2) sug’urta polyusi bo’yicha sug’urta tashkiloti tomonidan sug’urtalangan shaxsga har yili to’lanadigan pul summasi.