Reprografiya

Reprografiya [repo’o (duktsiya) va … grafin] — matnlar va grafik tarzdagi asl manbalardan fotografiya va boshqa usullarda nusxalar olish. Reprografiyada poligrafiya usulidagidek bosma krliplar tayyorlashning hojati yo’q. Reprografiyada nusxalar asl manbaga aniq o’xshab chiqadi, nusxalarini istalgan masshtabda olish mumkin, texnologik tsikl juda qisqa bo’ladi. Reprografiya usullari va vositalaridan korxonalar, kutubxonalar, arxivlar, loyihalash tashkilotlari va boshqa joylarda foydalaniladi.