RESPUBLIKA
RESPUBLIKA (lot. respublica, res — ish va publicus — ijtimoiy, umumxalq) — davlat boshqaruvi shakli, unda barcha davlat hokimiyati organlari saylab qo‗yiladi yoki umummilliy vakolatli muassasalar (parlamentlar) tomonidan shakllantiriladi, fuqarolar esa shaxsiy va siyosiy huquqlarga ega bo’ladilar. Tarixan Respublika antik davrda monarxiyaning zid tushunchasi sifatida vujudga kelgan (Masalan, Afinadagi quldorlik demokratiyasi). Miloddan avvalgi V-IV asrlarda Sparta va miloddan avvalgi II asrda Rim davlati aristokratlar qismi manfaatlarini ifoda etgan. O’rta asrlarda Respublika boshqaruv shaklini qo’llagan Venetsiya va Genuya singari shahar-davlatlar bor edi. Hozirgi vaqtda jahondagi 190 davlatdan 140 dan ortig’i Respublika boshqaruv shakliga asoslangan.