RESPUBLIKA BUDJETINING DAROMADLARI
RESPUBLIKA BUDJETINING DAROMADLARI — l) qonun hujjatlarida belgilangan tartibdagi va normativlar asosidagi umumdavlat soliqlari, yig’imlari, bojlari va boshqa majburiy to’lovlar; 2) qonun hujjatlarida belgilangan normativlar bo’yicha davlat moliyaviy va boshqa aktivlarining joylashtirilishi, foydalanishga berihshi va sotilishidan olingan daromadlar; 3) qonun hujjatlariga muvofiq meros olish, hadya etish huquqi bo’yicha davlat mulkiga o’tgan pul mablag’lari; 4) yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek, chet el davlatlaridan kelgan qaytarilmaydigan pul tushumlari; 5) rezident — yuridik shaxslarga va chet el davlatlariga berilgan budjet ssudalarini qaytarish hisobiga berilgan to’lovlar; 6) qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa daromadlardan iborat.