RESPUBLIKA BUDJETINING XARAJATLARI
RESPUBLIKA BUDJETINING XARAJATLARI — o’z tarkibiga 1) respublika budjetidan moliyalashtiriladigan budjet mablag’i oluvchilarning joriy xarajatlari; 2) joriy budjet transfertlari; 3) kapital xarajatlar (asosiy fondlar va vositalarni (ular bilan bog’liq ishlar va xizmatlar ham shular jumlasiga kiradi) davlat ehtiyojlari uchun olish va takror ishlab chiqarish, chet elda davlat ehtiyojlari uchun yer va boshqa mol-mulk olish, davlat ehtiyojlari uchun yerga bo’lgan huquqni va boshqa nomoddiy aktivlarni olish, davlat zaxiralarini vujudga keltirish xarajatlari); 4) kapital xarajatlami qoplash uchun yuridik shaxslarga beriladigan budjet transfertlari; 5) Qoraqalpog’iston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlarga budjet dotatsiyalari, budjet subvensiyalari va budjet ssudalari; 6) rezident — yuridik shaxslarga va chet el davlatlariga beriladigan budjet ssudalari; 8) davlat maqsadli jamg’armalariga beriladigan budjet dotatsiyalari va budjet ssudalari; 9) qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa xarajatlami oladi.