Retif de la bretonn
Retif de la bretonn (Retif de la Bretonne) Nikola (1734.22.11, sasi — 1806.3.2, Parij) — frantsuz adibi. J.J. Russonning izdoshi. Parij mehnat ahli to’g’risidagi asarlari, ayniqsa, «Fanshettaning oyog’i» (1769), «buzilgan dehqon yoki shaharning xavf-xatarlari» (1775) romanlarida jamiyatdagi ayollarning ahvoli, davlat muassasalarini qayta qurish, tarbiya masalalari ko’tarilgan. Davrning muhim muammolariga bag’ishlangan «g’alati g’oyalar» Kitoblar seriyasi (5 jildli, 1769-89), «Janob Nikola yoki fosh etilgan inson qalbi» (16 jildli, 1794-97) avtobiografik romanida frantsuz xalqining 18-asr hayoti, urf-odati tasvirlangan, psixologiyasi ochib berilgan. Retif de la bretonn jahon adabiyotida sermahsul adiblardan biri sanaladi.