Reyn slanesli tog’lari
Reyn slanesli tog’lari — Reyn daryosi o’rta oqimining har ikki sohilida joylashgan tog’lar, asosan, Germaniya hududida. Shimoldan janubga 150 kilometr, g’arbdan sharqqa 400 kilometrga cho’zilgan. O’rtacha balandligi 500-600 metr, eng baland joyi 880 metr (Groserfeldberg cho’qqisi). Yassi platolar bor. Slanes va kvarsitlardan, shuningdek, qumtosh va ohaktoshlardan tuzilgan. Qadimgi vulkan natijasida hosil bo’lgan relef shakllari saqlangan. Reyn, Mozel, Lan daryolari vodiylari bilan parchalangan. Reyn slanesli tog’larining shim. qismidagi tog’ oldi bukilmasida Rur toshko’mir havzasi joylashgan. Tog’yon bag’irlari o’rmonlar (qoraqayin, qoraqarag’ay, dub) bilan qoplangan. Yassi joylarida botqoqliklar va yalangliklar uchraydi. Daryo vodiylarida dehqonchilik qilinadi. Tokzorlar bor. Chorva boqiladi.