Reysshina

Reysshina (nemischa reipen — chizmoq va Schiene — shina, rels) — parallel va perpendikulyar chiziqlarni chizish uchun ishlatiladigan chizmachilik asbobi. Bir uchiga ko’ndalang taxtacha (plyonka) mahkamlangan. Ikki plankali (uzunligi 800-1400 millimetr) va bir plankali (500-700 millimetr) qilib ishlab chiqariladi. Chizmachilik taxtasi qirrasiga qo’yib, turli burchak ostidagi chiziqlarni chizish uchun ko’ndalang taxtacha buriladigan qilib yasaladi. Reysshina qattiq jinsli yog’ochdan qilinadi.