Reyxstag

Reyxstag (nemischa Reichstag) — 1) o’rta asrlardagi «German millatining Muqaddas Rim imperiyasi»da Markaziy qokimiyat organlaridan biri; 2) Germaniyada 1867-1945 yillarda (amalda 1933 yilgacha) parlament nomi. 2-jahon urushi davrida (1945 yil 29.4 -2.5), sovetlarning 1-belorussiya fronti qo’shinlari (qo’mondoni marshal G. K. Jukov) Berlin operatsiyasi jarayonida Reyxstag binosini shturm bilan egallashgan.