Rezavor mevali o’simliklar
Rezavor mevali o’simliklar — sershira rezavor meva beruvchi ko’p yillik buta, chala o’tsimon o’simliklarning katta guruhi. Mevali o’simliklar guruhiga kiradi, yovvoyi va ekma quritilgan holda iste’mol qilinadi, ulardan qiyom, sharbat, murabbo, vino va boshqalar tayyorlanadi. Rezavor mevalar, masalan, krijovnik, maymunjon, kulupnay, smorodina, malina va chakanda (oblepixa)lar tarkibida inson salomatligi uchun zarur bo’lgan organik kislotalar, qand, mineral tuzlar, vitaminlar, xushbo’y moddalar ko’p; ba’zilari (masalan, zirk, malina, chernika, qora mevali Ryabina) dorivorlik ahamiyatiga ega. Mevalari iste’mol qilinadigan yovvoyi va ekma turlari yer yuzining hamma joyida, ayniqsa, iqlimi mo’tadil mamlakatlarda ko’p o’stiriladi. O’zbekistonda qulupnay, malina, smorodina ko’p ekiladi. Rezavor mevali o’simliklar vegetativ yo’l bilan (qalamchasidan, parxish qilib, bachkisidan va gajakchasidan) ko’paytiriladi. Ko’chati bahorda va kuzda ekiladi. Tuproq yumshatilgan, begona o’tlardan toza holda tutiladi, o’g’itlanadi, vaqti-vaqti bilan sug’oriladi. Rezavor mevali o’simliklar hosilga erta (qulupnay 2-yili; malina 3-yili; smorodina, krijovnik 3—4-yili) kiradi va har yili hosil beradi. Ad.: Burmistrov A.D. Yagodnie kulturi, 2 izd. L., 1985; Abdullaev R., Yagudina S, tomorqada yetishtiriladigan rezavor mevalar, T., 1989. Rixsivoy Jo’rayev.