Rezba nakatlash
Rezba nakatlash — sovuqdayin plastik deformasiyalash usuli bilan detallarga rezba ochish. Maxsus asboblar (dumaloq roliklar, yassi plashkalar va boshqalar) yordamida amalga oshiriladi. Rezba nakatlash usuli, asosan, kalta mahkamlash detallaridagi rezbalarni ochish uchun qo’llaniladi.