Ribosoma
Ribosoma — RNK vа oqsildan tashkil topgan, oqsil biosintezini аmаlga oshiruvchi hujayra organoidi. Sitoplazmada erkin yoki endoplazmatik to’r vа yadro qobig’iga birikkan holda uchraydi. Ribosoma ikki qismdan iborat bo’lib, tashqi ko’rinishidan yosh qo’ziqorinni eslatadi. Ular ko’pincha bir-birlari bilan birikib, роliribosomalar holida uchraydi.