Rilskiy Maksim Fadeyevich

Rilskiy Maksim Fadeyevich [1895.7(19).3 — Kiyev — 1964.24.7] Ukrain shoiri, olim va jamoat arbobi. SSSR Fanlar Akademiyasi (1958) va Ukraina Fanlar Akademiyasi (1943) akademik. Ukraina Yozuvchilar uyushmasi boshqaruvi raisi (1943-46). Ukraina Fanlar Akademiyasi san’atshunoslik, folklor va etnografiya instituti direktori (1944-64). Ilk she’rlar kitobi — «oq orollarda» (1910). She’riy to’plamlarida xalqlar do’stligi, Vatanparvarlik g’oyalari aks etgan («kuzgi yulduzlar ostida», 1918; «chorrahada», 1929; «Mening Vatanim», 1936; «uzum yig’ish», 1940 va boshqalar). «Marina» she’riy qissasida (1933) qul ayol obrazi yaratilgan. «Ona Vatan uchun» (1941), «asl qurol» (1942) she’riy to’plamlari va «yoshlikka sayohat» dostoni (1944) urush mavzuida. «Ko’priklar» (1948), «gullar va uzum» (1957), «olis ufqlar» (1959), «turnalar galasi» (1960), «To’rg’ay ko’lankasi» (1961), «kishki xotiralar» (1964) va boshqa asarlar muallifi. A. S. Pushkin, M.Yu. Lermontov, A. Miskevich, Yu. Slovaskiy va frantsuz klassiklarining asarlarini ukrain tiliga tarjima qilgan.