Riqo

Riqo (Arabcha ruq’a — maktub) — xattotlik uslubi; Arab yozuvidagi xat uslublaridan biri. Xat tarixchisi Ibn Nadim fikricha, Riqo suls yozuvidan kelib chiqqan. Ko’rinishi jihatdan Riqo tavqe xatiga o’xshash, harf o’lchamlari undan kichik hamda nozikroq. Riqoda o’zidan keyingi harflarga qo’shilmaydigan ko’pchilik harflar bir-biriga qo’shib yozilaveradi. Riqodan tez yozishda (maktub va boshqalarda) foydalaniladi. Keyinchalik ixcham ko’ngilochar hikoya yoki qissalar, ba’zan Shams naqshidagi yozuvlar, Qur’on yoki kitoblar xotimasi Riqoda bitilgan, alohida mustaqil qit’alarni yozishda ham qo’llanilgan.