RISK MENEJMENTI
RISK MENEJMENTI — riskni kamaytirish yoki chegaralash bo’yicha sug’urta kompaniyasining maqsadli yo’naltirilgan harakati. Risk menejmentining tarkibiy elementiga quyidagilar kiradi: riskni aniqlash, riskni baholash, riskni nazorat qilish va riskni moliyalashtirish.