Rizolin

Rizolin – o’zi yelinlanadigan gidroizolyatsiyalovchi o’ramli tom yopish materiali bo’lib, uning asosi shu materialning ekspluatatsion xossalarini yaxshilovchi qo’shimchalar kiritilgan maxsus bitum-polimer tarkib bilan shimdirilgan shisha matodan iborat. Armatura sifatida qo’llanadigan va alohida bitum-polimerli tarkibga ega bo’lgan shisha mato hisobiga rizolin yuqori fizik-mexanik xossalarga ega, bu xossalar uning suv o’tkazmaslik, issiqlik va shovqin izolyatsiyalovchi ko’rsatkichlarini, uzoqqa chidamliligi va egiluvchanligini ta’minlaydi. Bu uni nafaqat tekis sirtlarga, balki qiyin yetib boriladigan joylarga, istalgan o’lchamdagi yuzalarga ham yotqizish va shunday yuzalarni ta’mirlash, shuningdek, losknut ta’mirlash texnologiyasini qo’llash imkonini beradi. Rizolin ikkita-bitta tomoni bo’yicha o’zi yelimlanuvchi qatlam va tashqi tomonida alyuminiy yoki mis folgasiga ega bo’lgan variantlarda ishlab chiqariladi. Bitta tomoni o’z yelimlanadigan qatlamga va tashqi tomoni alyuminiy yoki mis folgasiga ega bo’lgan o’ramli material tomlar, ventilyatsiya quvurlari, sig’imlarning tashqi sirtlariga qo’llanadi. Folgalangan sirt ultrabinafsha nurlanishdan himoyani bir necha martaga oshiradi.